Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

EGAMBERDIYEV
OYBEK
XUDAYOROVICH

Ijro etuvchi apparat boshligʻi

Egamberdiyev Oybek Xudayarovich 1981-yil 18-oktyabrda tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr bosqichini, 2004-yilda shu universitetning magistratura va 2010-yilda Koreya Universitetining magistratura bosqichlarini tamomlagan.

1998-2004 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

2004-2006 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Jahon bozorlari marketing tadqiqotlari va strategik prognozlar bosh boshqarmasi 1-darajali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi

2006-2010 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Jahon bozorlari marketingi va prognozi, barqaror sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bosh boshqarmasidagi Oʻzbekiston Respublikasining eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlari marketingi va eksport salohiyatini rivojlantirish boshqarmasining bosh mutaxassisi

2010-2014 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Jahon bozorlari marketingi va prognozi, barqaror sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – boshqarma boshligʻi, Mintaqaviy tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

2014-2016 yy. - “Davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi” davlat unitar korxonasi boshligʻi

2016-2017 yy. - Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi boshligʻi

2017-2018 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sektori mudiri

2018-2019 yy. - “Atlantic Stroy Investment” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

2019-2020 yy. - “Sirdaryo Savdo Logistika Markazi” unitar korxonasi direktori

2020-2021 yy. - Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining «Oʻzmedimpeks» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi oʻrinbosari

2021 y. - h.v. - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Ijro etuvchi apparat boshligʻi

Ijro etuvchi apparatning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

vazirlik tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan tegishli normativ va idoraviy hujjatlar loyihalarini vazirga kiritishda Xalq taʼlimi vazirligi Reglamenti talablari bajarilishini taʼminlash;

Xalq taʼlimi vazirligiga, shu jumladan shaxsan vazir nomiga ijro va maʼlumot uchun kelib tushgan yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va topshiriqlar hamda vazirlik va idoralardan kiruvchi hujjatlar Ijro apparati xodimlari tomonidan koʻrib chiqish va ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha vazirning topshiriqnomasi (rezolyutsiya)ni tayyorlash;

topshiriqnomalar va vazirning boshqa topshiriqlarini tegishliligi boʻyicha vazir oʻrinbosarlari hamda boshqarma va boʻlimlarga muddatlari belgilangan holda vazirga koʻrib chiqish va oʻrnatilgan tartibda imzo qoʻyish uchun kiritish hamda ijroga yoʻnaltirish;

Xalq taʼlimi vazirining axborot-tahlil, protokol jihatidan va maʼmuriy-tashkiliy faoliyatini taʼminlab berish;

vazirlikning barcha tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar loyihalarini tasdiqlash uchun hujjatlarning yuritish sifati boʻyicha takliflar kiritish, ularni tayyorlash yuzasidan oʻrnatilgan tartibga rioya etilishini taʼminlash;

vazirlikka Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini kelishish elektron tizimi project.gov.uz orqali kelib tushgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini vazirning topshiriqnomasi asosida tegishliligi boʻyicha vazir oʻrinbosarlari hamda boshqarma va boʻlimlarga oʻrnatilgan tartib va muddatlarda koʻrib chiqish va ijrosini taʼminlash uchun ijroga yoʻnaltirish;

ushbu hujjatlar boʻyicha tayyorlangan taklif va xulosalarning (xatlar, solishtirma jadvallari va boshqa materiallar) muvofiqligi tahlil qilingandan soʻng vazirga kelishish (elektron imzo qoʻydirish) uchun kiritish;

vazirlikning markaziy apparati boshqarma va boʻlimlari bilan birgalikda vazirlik hayʼati qarorlari va vazirlik rahbariyati tomonidan oʻtkaziladigan Hayʼat, hududiy boshqaruv idoralari boshliqlari hamda tizimdagi tashkilot va muassasalar rahbarlari bilan birgalikda oʻtkaziladigan kengaytirilgan ishlab chiqarish yigʻilishlari bayonlarining maʼruza va nutqlarni yozib olish, majlis bayonini rasmiylashtirish va belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida ijrosini nazorat qilish;

hayʼat majlisi kun tartibi, hayʼat masalasi yuzasidan soʻzga chiquvchilar roʻyxatini belgilash, joylarga yetkazish, hayʼat majlisi muhokamasiga qoʻyilgan masala loyihasini koʻpaytirish, hayʼat aʼzolariga tarqatish;

reja asosida tarkibiy boʻlinmalar tomonidan hayʼatga kiritiladigan masalalarning loyihasini oʻz vaqtida sifatli tayyorlanishini nazorat qilish, hayʼat aʼzolarining fikr va mulohazalarini hisobga olib, hayʼat aʼzolari bilan kelishgan holda qayta ishlab chiqish va imzolash uchun vazirga kiritish;

hayʼat yigʻilishiga taklif etiladigan barcha muassasa, jumladan hududiy boshqaruv idoralari va vazirlikning markaziy apparati boshqarma va boʻlimlari rahbarlarini yigʻilish oʻtkazish sanasi va vaqtini xabardor qilish, ishtirokchilarni roʻyxatga olish;

vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan vazirga taqdim etilgan materiallar, buyruqlar, xatlar va boshqa hujjatlarni texnik va sifat jihatidan reglamentga muvofiq rasmiylashtirilganligini koʻrib chiqish, ularni tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan oʻrnatilgan tartibda kelishilganligini nazorat qilish va imzoga kiritish;

vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash maqsadida barcha tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasida tayyorlanayotgan hujjatlar va materiallar boʻyicha kelishmovchiliklar yuzasidan murosaviy taklif tayyorlanishini tashkil qilish;

taqdim etilgan materiallarni umumlashtirish va tahlil qilish hamda vazirga taqdim etish;

xalq taʼlimi tizimidagi vazifalarni amalga oshirishda dolzarb masalalar boʻyicha Vazir ishtirokidagi yigʻilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlash, qabul qilingan qarorlarni ijroga yoʻnaltirish va ijrosini taʼminlash yuzasidan Nazorat boshqarmasini ogohlantirish;

vazirlik markaziy apparatiga xoʻjalik, texnika va avtotransport xizmatlari doimiy faoliyat koʻrsatishini nazorat qilish;

xoʻjalik inventarlari, jihozlar, mebellardan toʻgʻri foydalanish va ularni saqlanishini taʼminlash, shuningdek tegishli joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;

vazirlik boshqarma va boʻlimlarini talabnoma asosida zarur boʻlgan kanselyariya mollari va ish qogʻozlari bilan taʼminlash;

vazirlikning barcha xonalarida ish yuritish uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda mavjud inventarlar, orgtexnika, telefon tarmogʻi, kompyuterlar, nusxa koʻchirish apparatlari, printerlar va faks apparatlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash;

vazirlikdagi kommunal xizmatlar, elektr energiya, isitish tizimi, sovuq va issiq suv taʼminotini uzluksiz nazorat qilish hamda yuzaga keladigan nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;

vazirlik faoliyatini moddiy-texnik, transport jihatdan taʼminlashni tashkil qilish;

oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu