Taʼtil paytida maktab oʻquvchilariga masofaviy taʼlim olish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratildi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida maktab oʻquvchilariga muddatidan avval taʼtil berilganligi sababli Xalq taʼlimi vazirligi va hamkor tashkilotlar oʻquvchilar uyda mustaqil bilim olishi uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratmoqda.

Jumladan, Xalq taʼlimi vazirligi va JICA loyihasi mutaxassislari matematika fanidan 6-7-8-sinf oʻquvchilariga mos 139 ta (6-sinf uchun 41 ta, 7-sinf uchun 75 ta, 8-sinf uchun 23 ta ) videodarslarni tayyorladi.

Har bir videodarsning davomiyligi taxminan10 daqiqa boʻlib, videodarslardan tashqari matnli xabarlarni chop etish va tekshirish testlari ham mavjud.

Videodarslardan quyidagi havola yordamida foydalanish mumkin:

https://uzkd.uzedu.uz/rpv/

ID: UZB-viloyat-test

PW: L0MGT5

Videodarslarda ishtirok etish istagida boʻlgan maktab oʻquvchilari va ota-onalar quyidagi ariza shakllarini toʻldiradilar:

https://forms.gle/XNoGs2F2vX3cZfW68

Anketani toʻldirgandan soʻng har bir oʻquvchi shaxsiy ID va kalit soʻz bilan taʼminlanib, uyda individual tayyorgarlikni boshlaydi. Taʼlim bepul taqdim etiladi.

Mazkur resurs TAS-IX tizimi doirasida boʻlib, aksariyat internet provayderlar megabaytlarni sarflamay foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Share to: