Yangi oʻquv yilidan 9 va 11-sinf bitiruvchilari talimni kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda davom ettirishlari mumkin

2020-2021 yangi oʻquv yilidan boshlab respublikamiz boʻyicha 65 ta akademik litseylar, 339 ta kasb-hunar maktablar, 211 ta kollej hamda 176 ta texnikumlarda qabul jarayonlari tashkil etiladi.

Akademik litsey va kasb-hunar maktablariga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinib, 2 yillik kunduzgi taʼlim shakli asosida oʻqitiladi.

Kollejlarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Oʻqish 2 yilgacha boʻlgan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 

Texnikumlarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Oʻqish 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda taʼlim rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.

Yaqin kunlarda eʼtiboringizga ushbu taʼlim muassasalarining hududlar boʻyicha tahlili hamda aloqa uchun raqamlarini havola qilamiz.

Share to: