Xalq ta(limi vaziri o‘rinbosari D.Kenjayevning ma(ruzasi

D.Kenjayev ma(ruzasi Matbuot anjumani 17-yanvar 2017-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2017-2021-yillarda maktabgacha ta(lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida(gi qarori asosida (Bolalarni maktab ta(limiga sifatli tayyorlashda maktabgacha ta(lim muassasalarining o‘rni va yangicha yondashuvi( to‘g‘risida

    Assalomu alaykum matbuot anjumani ishtirokchilari,

    Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta(lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo(nalishi darajasiga ko(tarildi. O(zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e(tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta(lim tizimi barpo etildi.

    O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta(lim tizimida maktabgacha ta(lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o‘qishga intilishini va bilim olishga bo(lgan dastlabki qiziqishini uyg‘otadigan muhim bosqichga aylantirildi.

    Aytish kerakki, sobiq tuzum paytida maktabgacha ta(lim muassasasi ota-ona ishda bo(lgan paytlarida ularning bolalari asosan (bexavotir saqlab turiladigan joy( sifatida amal qilib kelgan.          Bugun esa maktabgacha ta(lim bolani intellektual, jismoniy va ma(naviy rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo(g(iniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta(lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi.

    Bugungi kunda respublika bo(yicha jami 4916 ta maktabgacha ta(lim muassasalarida 668 497 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Shuningdek, yurtimizda 194 ta nodavlat maktabgacha ta(lim muassasalari faoliyat ko(rsatib, ularga 11 746 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan.

    Mutaxassislar inson o(z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo(lgan davrda olishini ta(kidlashadi. Endi shu o(rinda kelajak avlodga ta(lim-tarbiya berishda maktabgacha ta(lim muassasalarining o(rni va ahamiyatini tasavvur qiling.

    Keyingi yillarda maktabgacha ta(lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo(naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha ta(lim muassasasi mukammal ta(mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.

    Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta(lim muassasalarining ta(lim dasturlari va o(quv-tarbiyaviy rejalariga qo(yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta(lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta(limga qamrab olish ko(rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda.

    Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi (2017-2021-yillarda maktabgacha ta(lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to(g(risida(gi qarori maktabgacha ta(lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.

    Ushbu Qaror 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Unda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta(lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta(lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. Jumladan, maktabgacha ta(lim sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlariga alohida urg‘u beriladi.

    Oila va bog‘chada bolalarning ta(lim-tarbiyasida qator tafovvutlar mavjud. Bu avvalo bolaning maktabga tayyorlash jarayonida ko‘rinadi.

    Maktabgacha ta(lim muassasiga bormagan bola to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktabga kelganda dastlab boshqa bolalarga qo‘shila olmaydi. Chunki ular ko(proq oila muhitida ulg(ayganligi sababli nisbatan tortinchoq bo(lishadi. Maktabgacha ta(lim muassasalarida esa bolalarni nafaqat tengdoshlari balki kattalar bilan ham muloqot qilish ko(nikmalari rivojlantirladi.

    Shu ma(noda, ushbu Dastur asosida maktabgacha ta(lim sifati tubdan yaxshilanadi, undagi ta(lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ilg(or tajribalar joriy etiladi. Bola shaxsini kamol toptirish, unga faqatgina harfni o(rgatish emas, balki unda ijobiy fazilatlarni shakllantirish, uning ruhiyatida atrof-olam, jamiyat va ota-onasiga nisbatan hurmat hissini, ona Vatanni sevishdek muqaddas tuyg(ular singdiriladi.

    Shuningdek, maktabgacha ta(lim muassasalarida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta(limiga tayyorlash bo(icha an(anaviy maktabga tayyorlash shakllari bilan bir qatorda uning muqobil shakllarini yaratish va rivojlantirish ham ko(zda tutilgan. Jumladan, yurtimiz bo(yicha maktabgacha ta(lim muassasalarida 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta(lim muassasidagi qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish bolalarni maktab ta(limiga tayyorlashning samarali shakli bo(lib qoladi.

    Qisqa muddatli guruhlarning yana bir muhim jihati, bu guruhlar bir tomondan yosh oilalarga qulaylik tug(diradi, ya(ni ularga moliyaviy yengillik beradi. Eng muhimi esa, bolalarning maktabgacha ta(limga qamrovi oshib, boshlang(ich sinflarda o(quvchilar orasidagi tavofutga barham beriladi.

    Yana muhim jihatlardan biri maktabgacha ta(lim muassasalaridagi bolalarning intelektual qobiliyatini rivojlantirish bo(yicha zarur didaktik o(yin va o(yinchoqlar bilan ta(minlanishi, kichik kutubxonalarning tashkil etilishidir. Bolajonlarda badiiy adabiyotga bo(lgan qiziqishini yoshligidanoq o(yg(otish va eng asosiysi, ona-Vatanimizga nisbatan mehr-oqibatli va sadoqatli farzandlar bo(lib voyaga etishlarida muhim rol uynaydi deb hisoblayman.

    Maktabgacha ta(lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo(yicha Respublika Prezidentining qarori ayni muddao bo(ldi. Zamon shiddat bilan taraqqiy etayapti. Texnika va texnologiyalar yil sayin yangilanib borayotir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta(lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o(quv reja va dasturlarini takomillashtirishga katta e(tibor qaratilgan.     Maktabgacha ta(lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o(quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtiriladi.

    2200 ta maktabgacha ta(lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta(lim muassasalarini quriladi, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o(quv-metodik qo(llanmalar, multimedia resurslari bilan ta(minlanadi.

    Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so(m mablag( ajratilishi ko(zda tutilmoqda.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari,

    E(tiboringizni bir muhim jihatga qaratmoqchi edim. Yangi qurilayotgan maktabgacha ta(lim muassasalarida avvalgilaridan farqli ravishda yangi loyiha asosida qurilishi rejalashtirilgan. Xususan, bolalarning yangi shakldagi va qulay sharoitga ega yozgi ayvonchalarini, suzish basseynlarini qurish inobatga olingan.

    Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, biz quyidagi ezgu marralarga erishamiz:

    yuqori sifatli maktabgacha ta(lim ta(minlanib, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilanadi va ta(lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlar joriy etiladi;

    bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo(lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi;

    3-6 yoshdagi maktabgacha ta(lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo(llanmalar bilan ta(minlash orqali maktab ta(limiga tayyorlash tizimi joriy etiladi;

    maktabgacha ta(lim muassasalari tarmog(i 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta(mirlash orqali kengaytiriladi;

    qishloq joylardagi maktabgacha ta(lim muassasalarida ota-onalar badal to(lovi 30 foizgacha kamaytiriladi;

    bolalarning maktabgacha ta(limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga erishiladi.

    Hurmatli, ommaviy axborot vositalari xodimlari,

    Yurtimizda o(g(il-qizlarning hech kimdan kam bo(lmay, barkamol voyaga etishi, o(z iqtidori va salohiyatini to(liq namoyon etgan holda jamiyatda munosib o(rin topib, davlatimiz taraqqiyotiga o(z hissasini qo(shishi yo(lida uzoqni ko(zlab amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bugun o(z samarasini bermoqda.

    Ta(lim-tarbiya sohasida o(tkazilayotgan chuqur o(ylangan islohotlar, avvalo, ong va tafakkurdagi ijobiy o(zgarishlarga yo(l ochib, pirovardida xalq ma(naviyati takomilida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

    O(zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti boshlab bergan ezgu amallar bugun davom ettirilib, malakali kadrlar tayyorlash tizimi o(zining strategik maqsadlarga ega ekani bilan mamlakatimizning buyuk kelajagini qurishda muhim rol o(ynamoqda.

    O(zbekiston Respublikasi Prezidentining (2017-2021-yillarda maktabgacha ta(lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to(g(risida(gi qarorining qabul qilinishi maktabgacha ta(lim muassasalarida bolalarning qalbida ilm, tarbiya, sport bilan shug(ullanishga bo(lgan ilk tasavvurlarini shakllantiradigan, ularning ma(naviy yetuk, jismonan barkamol bo(lib ulg(ayishlariga mustahkam poydevor yaratadigan, shaxs kamolotida debocha vazifasini bajaradigan muhim hujjat bo(lib xizmat qilishi, shubhasiz.

 

Share to: