Joʻrayev Oʻtkir Ortiqboyevich 1986-yil 20-fevral kuni Namangan viloyatida tugʻilgan. 2007-yilda Andijon davlat universitetini (bakalavr), 2014-yil Namangan davlat universitetini (magistr) tamomlagan.
2005-2007 yy. - Andijon shahar 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tarix fani oʻqituvchisi
2007-2009 yy. - Namangan viloyati, Pop tumani, Gʻurumsaroy iqtisodiyot kolleji oʻqituvchisi
2009-2010 yy. - “Kamolot” YOIH Pop tuman Kengashi raisi
2011-2012 yy. - Namangan yuridik kolleji oʻqituvchisi
2012-2014 yy. - Namangan davlat universiteti magistranti
2014-2018 yy. - Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi
2018-2018 yy. - Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika taʼlim markazi Ijtimoiy fanlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi metodisti
2018-2019 yy. - Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika taʼlim markazi Ijtimoiy fanlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi boshligʻi
2019-2019 yy - Xalq taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamentining Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi
2019-2020 yy. - Xalq taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan
ishlash departamentining Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimi bosh mutaxassisi
2020 y- h.v. - Xalq taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamentining Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimi boshligʻi
Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda olimpiadalar uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish;
respublika boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiadalar uchun tuziladigan nazorat materiallarini bosqichma-bosqich xalqaro olimpiadalarning nazorat materiallari darajasiga yetkazish;
xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi milliy terma jamoani shakllantirish boʻyicha saralash bosqichlarida xalqaro olimpiadalar darajasidagi nazorat materiallarini tayyorlash;
har chorakda oʻtkaziladigan onlayn olimpiadalar uchun nazorat materiallarini ishlab chiqish;
iqtidorli oʻquvchilar zaxirasiga kiritilgan oʻquvchilar uchun tizimli ravishda nazorat materiallari bilan taʼminlab borish.