Oʻzbek tili bayrami barcha maktablarda oʻzgacha nishonlanmoqda

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va har yili 21-oktyabrning mamlakatimizda til bayrami sifatida keng nishonlanishi ona tilimizga boʻlgan cheksiz hurmat, maʼnaviyatimizga, millatimizga boʻlgan yuksak eʼtibor namunasidir.

Shu munosabat bilan Respublikadagi barcha taʼlim muassasalarida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligiga bagʻishlangan qator maʼnaviy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

photo2020-10-2113-01-10.jpg

Xususan, “Til-millat ruxi”, “Oʻzbek tilim Davlat tilim”, “Ona tili- jonu dilim”, “Qadring baland boʻlsin, ona tilim”, “Oʻzbek tili 31 yoshing muborak” shiorlari ostida oʻzbek tilini rivojlantirish, uning mavqei va nufuzini oshirishga qaratilgan qator uchrashuv, davra-suhbatlari hamda ijodiy tanlovlar, oʻquvchilarning oʻzbek tili boʻyicha savodxonligi darajasini aniqlashga qaratilgan qiziqarli viktorina-oʻyinlar shular jumlasidandir.

Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, avvalo, barcha Oʻzbekiston aholisi, ayniqsa yosh avlod, oʻquvchilarning ongiga ona tilining qadri, uning nufuzini namoyon etishdan iborat.

photo2020-10-2113-01-13.jpg

Shuningdek, “Til - maʼnaviyat koʻzgusi”, “Qadring baland boʻlsin ona tilim” kabi mavzularda umumtaʼlim muassasalari oʻquvchi va mahoratli pedagog xodimlarining maqola va sheʼriy toʻplamlari nashr qilindi.

Taʼlim muassasalarda tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarda ona tiliga mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo bagʻrikenglik kabi yuksak tuygʻularni singdirishga alohida eʼtibor qaratilibgina qolmasdan, oʻquvchilarga oʻzbek tilining tarixi va buguni haqida koʻplab qiziqarli hamda qimmatli maʼlumotlar berib borilmoqda.

Share to: