Oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan “Oʻzbek tilim – iftixorim” insholar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini oshirish, oʻquvchilarni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyatini oshirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Oʻzbek tilim - iftixorim” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Ushbu tanlovda taʼlim rus, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz, qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 4-6-sinflar oʻquvchilari oʻzbek tilida diktant, 7-8-sinflar oʻquvchilar oʻzbek tilida ijodiy bayon, 9-11-sinflar oʻquvchilar oʻzbek tilida insholar yozishdi.

Tanlovda 7 ta taʼlim tili boʻyicha 9-sinfdan 11-sinfgacha jami 6 ta 1-oʻrin, 6 ta 2-oʻrin, 6 ta 3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi.

Gʻoliblar bilan tanishing

1-oʻrin:

1-oʻrin – Namangan viloyati, Chust tumani, 9-sinf oʻquvchisi Safayeva Shohsanamxon

1-oʻrin – Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumani, 10-sinf oʻquvchisi Haytboyeva Mexrnoz

1-oʻrin – Xorazm viloyati, Urganch tumani, 11-sinf oʻquvchisi Madaminova Dilnura

2-oʻrin:

2-oʻrin – Xorazm viloyati, Urganch tumani, 9-sinf oʻquvchisi Ruzmetova Barchinoy

2-oʻrin – Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, 10-sinf oʻquvchisi Hamidullayeva Muhlisa

2-oʻrin – Navoiy viloyati, Zarafshon tumani, 11-sinf oʻquvchisi Rahimova Sevara

3-oʻrin

3-oʻrin – Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 9-sinf oʻquvchisi Rustamova Gulsanam

3-oʻrin – Toshkent viloyati, Bekobod shahar 10-sinf oʻquvchisi Nosirxoʻjayeva Hanifaxon

3-oʻrin – Buxoro viloyati, Shofirkon tumani 11-sinf oʻquvchisi Abdugʻaffarova Kamola

Taʼlim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktab oʻquvchilarining insholari natijalari:

1-oʻrin:

1-oʻrin – Buxoro viloyati, Buxoro tumani, 9-sinf oʻquvchisi Joʻrayeva Jasmina

1-oʻrin – Toshkent viloyati, Angren tumani, 10-sinf oʻquvchisi Neʼmatullayeva Nilufar

1-oʻrin – Navoiy viloyati, Oʻchquduq tumani, 11-sinf oʻquvchisi Janaxmetova Ayjan

2-oʻrin:

2-oʻrin – Toshkent viloyati, Angren tumani, 9-sinf oʻquvchisi Madibroximova Safiya

2-oʻrin – Namangan viloyati, Mingboʻloq tumani, 10-sinf oʻquvchisi Akmalxonova Sarvinoz

2-oʻrin – Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 11-sinf oʻquvchisi Abduhakimova Eʼzoza

3-oʻrin

3-oʻrin – Namangan, Norin tumani, 9-sinf oʻquvchisi Shamsiddinova Nozima

3-oʻrin – Xorazm viloyati, Urganch shahri, 10-sinf oʻquvchisi Odamboyeva Yulduzxon

3-oʻrin – Xorazm viloyati, Xazorasp tumani 11-sinf oʻquvchisi Gʻaffurova Sadoqat

Bundan tashqari, ushbu tanlov doirasida “davlat tilim challenge” ijodiy ishlar tanlovi ham oʻtkazildi. Bunda, umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari sheʼr, qoʻshiq, nutq, kreativ bayram tabrigi koʻrinishidagi videolavha bilan qatnashishdi va ijtimoiy tarmoq sahifalarida “#davlattilimchallenge” xeshtegida yoritdi.

Respublika taʼlim markazi telegram kanaliga 6 mingdan ortiq videolavhalar kelib tushgan. Videolavha shaklidagi ijodiy ishlarni tanlovning oʻtkazish va baholash mezoni asosida 11 ta ekspert baholash guruhi aʼzolari tomonidan saralanib olindi.

Shundan saralanib olingan 38 ta videolavhalarni Respublika taʼlim markazining rasmiy kanaliga joylashtirildi.

Kanalda eng koʻp ovoz toʻplagan videolavhalardan 1-2-3-oʻrinlar quyidagilar aniqlandi.

1-oʻrin - Andijon viloyati Andijon shahar 13-IDUM 7-“B” sinf oʻquvchisi Muqumjonova Maʼsumaoy;

2-oʻrin - Fargʻona viloyati Oltiariq tumani 1-IDUM 6-sinf oʻquvchisi Husanova Dilshodaxon;

3-oʻrin - Toshkent shahar Uchtepa tumani 229-maktab 5-sinf oʻquvchisi Shavkatov Oybek Zamirjon oʻgʻli.

Ushbu tanlov gʻoliblari vazirlikning maxsus diplomlari bilan taqdirlanadi.

Share to: