Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati bayonoti

Qibray tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 2-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori Goʻzal Ibragimovaning mehnat shartnomasi Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasining 2019-yil 13-sentyabrdagi buyrugʻi bilan ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilingan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining ish yurituvida daʼvogar Goʻzal Ibragimovaning javobgar Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi v.v.b B.Safarovga nisbatan ishga tiklash va majburiy progul uchun haq undirish haqidagi fuqarolik ishi boʻyicha 2019-yil 12-noyabrda Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasining 2019-yil 13-sentyabrdagi 358-k-sonli buyrugʻini bekor qilish va daʼvogarni ishlab kelgan lavozimiga tiklash toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilgan.

Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining hal qiluv qarori ijrosini taʼminlash maqsadida boshqarmaning 2019-yil 11-dekabr sanasidagi buyrugʻiga asosan Goʻzal Ibragimova Qibray tumanidagi 2-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori lavozimiga tiklangan.

Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati

 

Share to: