Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining 40 yaqin toʻgaragiga 1100 nafar bolalar jalb qilingan

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan “Barkamol avlod” bolalar maktabiga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining 7 ta yoʻnalish boʻyicha 40 yaqin toʻgarak faoliyat yuritib, ularga 1 100 nafar bolalar jalb qilingan.

photo2021-05-1210-45-56.jpg

Toʻgarak aʼzolarining mashgʻulotlarda egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini sinash, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli koʻrik-tanlov, musobaqa, festivallar oʻtkazilib kelinadi. Shuningdek, toʻgarak aʼzolari Xalqaro tanlovlarda ham faol ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritmoqda.

photo2021-05-1210-33-08-2.jpg

Jumladan, Nodir Berdiyev rahbarligidagi “Zarb” doirachilar ansambli, Rustam Hamrokulovning «Aladdin» shou-guruhi, Larisa Kimning “Raqs” ansambli, Sherzod Shukurovning doirachilar guruhi, yosh pedagog Yevgeniya Kimning «Chanmi» raqs ansambli, Sanobar Majidovaning “Koʻzmunchoq” ashula va raqs ansambllari poytaxt sahnalarida oʻtkaziladigan konsert dasturlari va turli tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

photo2021-05-1210-33-07.jpg

Maktabning “Zarb” doirachilar ansambli aʼzolarining Ozarbayjonda oʻtkazilgan “Qavaldash-2020” Xalqaro onlayn ijodiyot festivalida Gran-prini qoʻlga kiritgani ushbu dargohga koʻplab ota-onalarning farzandini olib kelishiga sabab boʻlmoqda.

Share to: