Toifa uchun sinov jarayonidagi kutilmagan nosozliklar haqida Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bayonoti

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat koʻrsatayotgan ikkinchi toifaga talabgor oʻqituvchilarning navbatdagi attestatsiya sinovlari jarayonida sodir boʻlgan baʼzi texnik nosozliklar uchun viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hurmatli ustozlardan uzr soʻraydi.

 

Attestatsiya sinovlariga avvaldan puxta hozirlik koʻrilganiga qaramay, sinovlar boshlanishi va jarayonida internet tarmogʻida kutilmagan texnik nosozliklar roʻy  berdi. Bunday nosozliklar fargʻonalik ustoz-murabbiylarning bilim, malaka va koʻnikmalari uchun oʻtkazilayotgan sinovlar jarayonida kayfiyatlari buzilishiga sabab boʻlolmaydi, deb ishonamiz. 

Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati

Share to: