Joriy yilning 21-oktyabr kuni “Til va adabiyot oʻqitilishi hamda oʻqituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi

Andijon viloyati XTXQTMO hududiy markazi tomonidan Til va adabiyot oʻqitilishi hamda oʻqituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Andijon viloyati XTXQTMO hududiy markazida Til va adabiyot oʻqitilishi hamda oʻqituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi onlayn Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi.

Konferensiyani oʻtkazish joyi: Andijon viloyati xalq taʼlimi xodimlari qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi majlislar zali.

Konferensiya quyidagi shoʻbalarda olib boriladi:

1-shoʻba. Til va adabiyot oʻqitishda kompetensiyaviy yondashuvning amaliy ahamiyati.

2-shʼba. Til va adabiyot taʼlimidagi zamonaviy muammolar: ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish.

3-shʼba. Oʻqituvchining dars oʻtish va taʼlim jarayoniga rahbarlik mahorati.

4-shba. Taʼlim va tarbiya jarayonida oʻqituvchi kasbiy mahoratiga ommaviy lisoniy madaniyatning taʼsir kuchi.

Konferensiya materiallari toʻplam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan.

Matnlar 2020-yil 5-oktyabr kuniga qadar yozma va elektron variantda tashkiliy qoʻmitaga topshiriladi.

Konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.

Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, Istiqlol koʻchasi, 8-uy.

  • Telefonlar: Mavjudaxon Uraimova +99890-625-72-58
  • Maxfuzaxon Arabboyeva +99893-242-12-77
  • Diloromxon Zohidova +99891-616-96-65

e-mail: iroda8225@mail.ru yoki +99893-706-40-80 telefon raqamli telegram kanaliga tashlangan maqola mualliflari guruhi tashkil etilib, tegishli xabarlar doimiy almashinish imkoniyati boʻladi.

Share to: