Tender savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon

Tender nomi: 2021-2022 oʻquv yiliga umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun umumtaʼlim fanlaridan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etish xizmatlarini xarid qilish boʻyicha tender savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2021-2022 oʻquv yiliga umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun umumtaʼlim fanlaridan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etish xizmatlarini xarid qilish boʻyicha tender savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish, chop etilgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKga yetkazib berish.

Tender predmeti (tovar) – 2021-2022 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari umumtaʼlim fanlaridan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar.

Davlat buyurtmachisi nomi: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 13-daha, 49-b uy.

Tel: (+99855) 501-33-13, 501-33-70

Faks: (+99855) 501-33-13.

e-mail : talimtaminot@mail.ru

Mazkur tender savdolarida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda mahsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tender savdolarida konsorsium shaklidagi turli birlashmalar ham qatnashishlari mumkin.

Tender savdolari ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar obyekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda tender hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak.

Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (www.xarid.uz) joylashtirilgan elektron tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tender takliflarining shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan.

Tender takliflari ikkita tashqi (1 ta asl nusxa va 1 ta nusxasi) konvertda muhrlangan ichma ich solingan (tashqi va ichki) konvertlarda, Tender hujjatlarida koʻrsatilgan 1–shaklga muvofiq Tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.

Shuningdek, tender ishtirokchisi tender takliflarini qabul qilish muddatining oxirgi kuniga qadar davlat buyurtmachisi tomonidan koʻrsatilgan manzilga namunaning 3 (uchtadan) nusxasini taqdim qilishi shart.

Tender savdolari gʻoliblari mahalliy korxona va tashkilotlar darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni 60 (oltmish) kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri, 100175, Olmazor tumani, Sagʻbon 13-oʻtar koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan “Taʼlim taʼminot jihoz” Respublika filiali “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUK omboriga topshirishlari talab etiladi.

Tender savdolari gʻoliblari – xorijiy korxona va tashkilotlar darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni 60 (oltmish) kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri, 100175, Olmazor tumani, Sagʻbon 13-oʻtar koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan “Taʼlim taʼminot jihoz” Respublika filiali “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUK omboriga mahsulotlarni yetkazib berishning DDP sharti asosida (INKOTERMS 2010 tahririda) topshirishlari talab etiladi.

Tender savdolarini oʻtkazish jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender savdolari ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

Masʼullar: C.Tillashayxov, M.Djurabekova, S.Saidumarov

Tender takliflari zakalat koʻrinishida:

mahalliy korxonalar boʻlgan tender savdolari ishtirokchilari tomonidan “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning maxsus hisob raqamiga tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 1 foiz miqdoridagi pul mablagʻlarini naqdsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan yoki “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKga xizmat koʻrsatadigan bank bilan hisob kitoblari bor bankning kafolati;

Xorijiy korxonalar boʻlgan tender ishtirokchisi bank kafolati koʻrinishida, buyurtmachiga tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 1 foiz miqdoridagi mablagʻga buyurtmachi foydasiga SWIFT xabari bilan tasdiqlangan hujjat bilan biriktirilishi shart.

Zakalat summasi yoki bankning kafolati bilan biriktirilmagan tender takliflari Xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Bank rekvizitlari:

ATB “Ipoteka” bank, Mehnat filiali

Manzil: Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 30-uy,

Bank kodi: 00423, SWIFT: UZHOUZ22

Soʻmda hisob raqami: 20210000700101561002

AQSH dollarida valyuta hisobvaragʻi: 20210840000101561003

Tender takliflari maxsus axborot portali (www.xarid.uz) da belgilangan muddatdan kechiktirilmagan holda yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tender majlislari “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUK binosida oʻtkaziladi.

Share to: