Shokirov Jamshid Uktamovich

Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i
- 09:00 - 18:00
- 95 479-99-07
- 95 479-99-07
- j.shokirov@xtv.uz
Shokirov Jamshid Uktamovich 1981-yil 2-mart kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent Arxitektura qurilish institutining bakalavr, 2004-yilda magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
1998-2004-yy. - Toshkent arxitektura va qurilish instituti talabasi
2004-2008-yy. - Shahar 6-klinik shifoxonasi hisobchisi
2008-2016-yy. - Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi bosh xisobchisi
2016-2017-yy. - Jizzax davlat pedagogika instituti bosh hisobchisi
2017-2018-yy. - Xalq ta’limi vazirligi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh hisobchisi
2018-y. - h.v. - Xalq ta’limi vazirligi Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i - bosh hisobchi
Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar taʼminotiga hamda vazirlik tizimidagi markazlashtirilgan tadbirlar uchun tasdiqlangan smeta xarajatlariga asosan buxgalteriya hisobini yuritish;
vazirlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali, markazlashgan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
vazirlikning markaziy apparati moddiy boyliklari, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va vazirlik faoliyatiga doir boshqa xizmatlar boʻyicha hisob-kitoblarni yuritish;
vazirlik markaziy apparati va vazirlikning markazlashgan mablagʻlari boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritish;
vazirlik tizimidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilot va muassasalarning choraklik va yillik hisobotlarini qabul qilish;
Davlat statistika organlariga, soliq inspeksiyasiga, Xalq bankiga va moliya organlariga hisobotlar berib borish;
tegishliligi boʻyicha fuqarolardan, korxona va tashikilotlardan, vazirlik va idoralardan kelib tushgan murojaatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va boshqa yuqori turuvchi organlarning topshiriqlarini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadi va vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
vazirlik tasarrufidagi Xalq taʼlimi muassasalariga, byudjet hisobini yuritish, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish, moliya, soliq va boshqa qonun hujjatlari masalalari boʻyicha maslahatlar berib borish;
vazirlik tasarrufidagi Xalq taʼlimi muassasalarida ichki meʼyoriy hujjatlarga rioya qilinishi holatini oʻrganish va monitoring olib borish yoʻli bilan, ular ishini baholash, maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotda aks ettirilishining toʻliqliligi, shu bilan birga ishonchliligini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillariga amal qilinishi, pul mablagʻlari hamda tovar-moddiy qimmatliklarni saqlanishi va boshqaruvning samarali tamoyillarini targʻib qilish;
ajratilgan byudjet mablagʻlari va byudjetdan tashqari topilgan mablagʻlarni toʻgʻri sarflanishi ustidan umumiy nazorat olib borish;
boshqarmada bajarilgan ishlar boʻyicha hisobotlar tayyorlash va vazirlik rahbariyatiga kiritib borish vazifalarini amalga oshiradi.