Sirdaryoda 4 ta zamonaviy koʻrinishdagi yangi maktab binosi qad rostlaydi

Sirdaryo viloyatida 2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida 4 ta zamonaviy koʻrinishdagi yangi maktab binosi, 3 ta umumtaʼlim maktablari uchun qoʻshimcha oʻquv binolarini qurish hamda 1 ta umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Guliston tumanida barpo etilayotgan 240 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan fizika-matematika faniga ixtisoslashtirilgan “Sirdaryo-Qorakoʻl” maktab-internati binosida zamon talablariga javob beradigan, oʻquv va laboratoriya sinfxonalari, kompyuter xonasi, kutubxona hamda faollar zali, yotoqxona binosi, sport zal, yozgi sport maydonchalari, oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlanishi uchun oshxona binosi qurilmoqda.

87287f1f0c7fabb8b5109.jpg

Hozirgi kunga qadar muassasa binosida qurilish ishlari 79 foizga bajarilgan boʻlib, binoni yangi oʻquv yili boshlangunga qadar topshirish rejalashtirilgan.

Share to: