Sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga ustama haq to‘lab beriladi

2022 yil 1 fevraldan boshlab taʼlim tili rus tili bo‘lmagan umumtaʼlim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida S1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50% miqdorida ustama to‘lanadi.

Ushbu ustamalarni o‘z vaqtida to‘lab borilishini taʼminlash bo‘yicha hududiy xalq taʼlimi bo‘linmalariga vazirlikning ko‘rsatmasi berildi.

Share to: