Samarqand viloyati hokimi “Eng yaxshi kitobxon maktab”ga 100 million soʻm topshirdi

Samarqand viloyati hokimi tashabbusi bilan 2020-yil boshida umumtaʼlim maktablari oʻrtasida eʼlon qilingan “Eng yaxshi kitobxon maktab” koʻrik-tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi.

Ushbu koʻrik-tanlovda gʻoliblik Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabi jamoasiga nasib etdi. Gʻolib maktabga viloyat hokimining 100 million soʻm mukofot puli hamda faxriy yorligʻi topshirildi.

Tanlovda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Paxtachi tumanidagi 24-umumtaʼlim maktabi jamoasiga kompyuter jamlanmasi, uchinchi oʻrinni egallagan Ishtixon tumanidagi 1-IDUM jamoasiga Noutbuk sovgʻa qilindi.

 

Share to: