Samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh taʼlim tizimi xodimlari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, bolalarni ijtimoiy himoyalash 
va qoʻllab-quvvatlash hamda maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishda oʻzining taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etayotgan, mazkur yoʻnalishlarda koʻp yillardan buyon samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh xodimlar 1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi samarali faoliyati uchun:

1. Atamuratov Allamurat Atamuratovich-Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Shumanay tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari;

2. Nosirova Salima Madiyorovna - Buxoro viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Tasviriy sanʼat” toʻgaragi rahbari;

3. Rыsbekova Araylыm Urinbosarovna - Navoiy viloyati, Zarafshon shahar 
4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Yoshlar yetakchisi;

4. Abdullayev Rustamjon Adxamjon oʻgʻli - Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari;

5. Baturova Sanobar Djuramurodovna - Samarqand viloyati, Samarqand shahar 60-son zaif koʻruvchi bolalar maktab-internatining tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi;

6. Ishmetov Islomiddin Baxodir oʻgʻli - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Texnika rahbari-konstruktorlik va modellashtirish” yoʻnalishi uslubchisi, “Robototexnika” toʻgaragi rahbari;

7. Usmadjanova Muniraxon Saʼdullo qizi - Fargʻona viloyati Quvasoy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi Innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha direktor oʻrinbosari;

8. Karabayev Murodjon Abduraxmanovich - Xalq taʼlimi vazirligining Maktabdan tashqari taʼlim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi;

9. Xoliqov Suxrob Tursunaliyevich - Xalq taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

10. Xatamova Dilnoza Utkurovna - Xalq taʼlimi vazirligi Ijro etuvchi apparati bosh mutaxassisi.

Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida samarali faoliyati uchun:

1. Qalandarova Rano Nurullayevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4-sonli Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori;

2. Qosimov Ulugʻbek Xabibullayevich - Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani 
4-sonli Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi direktori;

3. Dehqonova Nigora Sodiqovna - Fargʻona viloyati, Buvayda tumani 88-sonli Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi direktori;

4. Nazarova Zebinisi Xakimovna - Qashqadaryo viloyati 19-sonli Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi direktori;

5. Boboyev Bekzod Poʻlatovich - Jizzax viloyati 32-sonli Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi direktori;

6. Mamatova Nazokat Sharipbayevna - Xorazm viloyati, Urganch shahar 96-sonli Kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori;

7. Xalbabayeva Dilorom Sattarovna - Toshkent shahar, Olmazor tumani 
36-sonli Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi direktori;

8. Ruziyeva Larisa Raximovna - Samarqand viloyati, Samarqand shahar 1-sonli Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori.

Maktabdan tashqari taʼlimni tashkil etishdagi samarali faoliyati uchun:

1. Rasulov Mamed Aliyevich - Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak rahbari;

2. Vashurina Larisa Valentinovna - Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 
18-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi Fortepiano boʻlimi oʻqituvchisi;

3. Saribayeva Venera Sadevokazovna - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 
246-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Rasm va chizmachilik fani oʻqituvchisi;

4. Dushakov Anatoliy Vladimirovich - Toshkent shahar Olmazor tumani 
233-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Texnologiya fani oʻqituvchisi;

5. Umyarova Svetlana Rinatovna - Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak rahbari;

6. Kirgizaliyeva Mamuraxon Gafarovna - Toshkent shahar Mirobod tumani 
110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi;

7. Xasanov Azizbek Baxtiyarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Fan, sport va taʼlim muassasalarini ilmiy-metodik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi;

8. Maxammadiyev Akmal Axtamovich - Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

9. Xalmatov Komil Turniyazovich - Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori.

Share to: