Vakant

Taʼlim sifati monitoringi boshqarmasi boshlig‘i
- 09:00 - 18:00
- +998 71 241 03 28
- +998 71 241 03 28
Boʻlim vazirlikning davlat siyosati va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi sohasidagi manfaatlari, taʼlim tizimiga sarmoya jalb qilish sohasidagi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Xalqaro dasturlar va loyihalarda Oʻzbekiston Respublikasining xalq taʼlim tizimini rivojlantirish;
Xalq taʼlimi tizimiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Xalq taʼlimi tizimiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilish;
Boʻlim faoliyatini nazorat qiluvchi davlat organlariga tezkor axborot berish.
Xalq taʼlimi vazirligining investitsiya siyosatini shakllantirish;
Istiqbolli investitsiya takliflarini baholash va monitoring qilish;
Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat innovatsiyalarini va investitsiya dasturlarini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini qidirish;
Loyihada ishtirok etayotgan xalqaro va mahalliy ekspertlar uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;
Davlat taʼlim tizimida xalqaro munosabatlarni kengaytirish, ularning samaradorligini oshirish va xorijiy sheriklar bilan tajriba va axborot almashish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yordam koʻrsatish;
Respublika Hukumati va xalq taʼlimining boshqa tuzilmalari oʻrtasida xalqaro dasturlar, shartnomalar va boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida, sifatli bajarilishi.
Boʻlim xodimlariga ushbu Nizomda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan vazirlik rahbariyatiga maʼlumotlar va takliflar kiritish;
Oʻzbekitondagi va boshqa mamlakatlardagi davlat organlari va taʼlim muassasalari oʻrtasida xalqaro aloqalar hamkorligining yangi shakllarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Potensial investorlardan kelib tushgan buyurtmalar asosida investitsiya loyihalarini hisoblab chiqish va tayyorlash, asosiy maʼlumotlarni tahlili qilish, oʻz vakolatlari doirasida loyihalar boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Kerakli aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun tegishli moliya institutlari va xususiy sheriklar bilan muzokaralar olib boradi;
Xalq taʼlimi loyihalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan xorijiy mutaxassislarning faoliyatini nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim tizimiga insonparvarlik yordami koʻrsatishda xorijiy davlat, nodavlat, xayriya tashkilotlariga yordam koʻrsatadi;
Vazirlikning boshqa idoralari bilan birgalikda taʼlim sohasidagi investitsiya loyihalarining taraqqiyoti va natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi