Respublika taʼlim markaziga yangi direktor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markaziga yangi direktor tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan Shuhrat Sattorov Respublika taʼlim markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilning fevral oyidan beri Shuhrat Sattorov mazkur markazda direktor oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuhrat Sattorov 2004-2008-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008-2009-yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

2018-2020-yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yoʻnalishini tamomlagan.

Share to: