“Raqsning moʻjizakor jilosi” shiori ostida oʻtkazilgan zamonaviy raqslar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

 

Joriy yilning 1-10-may kunlari 5tashabbus_uyimizda telegram kanalida “Raqsning moʻjizakor jilosi” shiori ostida tanlov oʻtkazildi.

Ushbu tanlovning formati zamonaviy raqslardan iborat boʻlib, break danse, hip-hop, elektro shok va nev style, popping house danse kabi raqslar yoʻnalishi tarkibidan tashkil topgan.

Tanlovga jami 1 200 ga yaqin videoroliklar kelib tushgan boʻlib, shundan 83 ta eng yaxshilari omma eʼtiboriga havola etildi.

Tanlov natijalari koʻra oʻz chiqishlari bilan noanʼanaviy raqs namoyish qilgan Samarqand viloyati, Nurobod tumanidagi 2-maktabning 11-“A” sinf oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Bu kabi tanlovlar yoshlarning boʻsh vaqtida oʻz iqtidorlarini rivojlantirishga va yashirin qirralarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.

Share to: