“Online-maktab”da mashhur «Sezam koʻchasi» taʼlimiy multfilmlarni tomosha qiling va ingliz tilini oʻrganing

Endi Siz “Onlayn-toʼgarak“ efirlarida bolajonlar uchun mashhur boʻlgan”Sesame street” («Sezam koʻchasi») nomli taʼlimiy multfilmlarni oʻzbek va ingliz tillarida tomosha qilishingiz mumkin.

 

Bolajonlar ushbu multfilmlar toʻplami orqali COVID-19 pandemiyasi davrida virusdan himoyalanish, gigiyena va sogʻlom turmush tarzi qoidalariga rioya etish, bir-birini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni oʻrganishlari mumkin.

Shuningdek,Xalq taʼlimi vazirligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning hamkorlik dasturlarida bolajonlar uchun COVID-19 pandemiyasining taʼsirini kamaytirishga qaratilgan videoroliklar, tarqatma materiallar, plakatlarni oʻzbek tilida ham tayyorlash va keng ommalashtirish nazarda tutilgan.

1969-yildan boshlab namoyish etib kelinayotgan “Sesame Street” televizion shousi ayni paytda jahonning yetakchi televizion shoulari qatorida turadi. U taʼlimiy, ijtimoiy, madaniy ahamiyatga ega mavzularni bolalarga xos uslubda yoritishi bilan alohida ajralib turadi.

"Sesame street“ («Sezam koʻchasi») oʻtkazib yubormang, har kuni ”Onlayn-toʼgarak" efirlarida soat 12:00 dan boshlab tomosha qiling.

Share to: