“Obod maktab” ekologik tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Obod maktab” ekologik onlayn koʻrik-tanlovi eʼlon qilingan edi.

Mazkur tanlovda taʼlim muassasalar tomonidan yuborilgan 400ga yaqin videoroliklardan tanlov nizomi talablariga mos boʻlgan eng yaxshi 42 ta ijodiy ishlar saralab olindi.

Jamoatchilik tomonidan gʻoliblarni aniqlash uchun saralangan videoroliklar vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy tanlovlar sahifasida eʼlon qilindi. Ovoz berish jarayonlarining yakuniy natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplagan qoʻyidagi taʼlim muassasalar “Obod maktab” tanlovi gʻolibi deb topildi.

Obod maktab-2021» koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari R Oʻ Y X A T I

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri 8-sonli umumtaʼlim maktabi

Andijon viloyati Boʻston tumani 26-sonli DIMI

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 8-DIMI

Jizzax viloyati Jizzax shahri 22-IDUM

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 4-sonli umumtaʼlim maktabi

Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-AFCHOʻIM

Namangan viloyati Chortoq tumani 48-sonli umumtaʼlim maktabi

Samarqand viloyati Samarqand tumani 8-sonli umumtaʼlim maktabi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 13-sonli umumtaʼlim maktabi

Surxondaryo viloyati Angor tumani 7-sonli umumtaʼlim maktabi

Toshkent viloyati Angren shahar 43-sonli umumtaʼlim maktabi

Fargʻona viloyati Fargʻona shahri 25-sonli umumtaʼlim maktabi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani 10-DIMI

Toshkent shahar Profilli mehnat taʼlimiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi

Share to: