Muxbir Daliyev telegram kanalidagi postga munosabat

Muxbir Daliyev telegram kanalida maktabda pul yigʻimlari haqida anonim oʻqituvchi nomidan post eʼlon qilindi.

Mazkur postda na maktab raqami, na joylashgan yeri koʻrsatilmagan. Murojaatchida noqonuniy pul yigʻimlari haqida maʼlumot va dalillar mavjud boʻlsa, uni prokuratura organlariga rasmiy ariza berishga chaqiramiz.

Qonunni himoya qilish organlari arizalarni qonunchilik doirasida koʻrib chiqadi. Qonunchilik buzilishi holatlarida aybdorlarni jazolash uchun ish sudga taqdim etiladi.

Share to: