Munosabat

Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati, Paxtaobod tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabidagi holat yuzasidan “Maktab direktori nega ishdan olindi-yu, nega yana qayta lavozimga tiklandi?” mavzusida yoritilgan tanqidiy maqola boʻyicha viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar natijasida Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentabr kungi hal qiluv qaroriga asosan maktab direktori lavozimida ishlagan Xolmirzayev Elmurod bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining 12.06.2019 yildagi 396-K sonli buyrugʻi gʻayriqonuniy deb topilib, oʻz lavozimiga qayta tiklangan.

Tanqidiy maqolada, maktab yer maydoni, mevali daraxtlar, taʼmir uchun berilgan homiylik pullarini oʻzlashtirdi, xodimlarni shaxsiy xonadonida majburan ishlatadi deya keltirilgan soʻzlar oʻz isbotini topmadi.

 

Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati

Share to: