Vazirlik haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari quyidagilardir:

  • Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni har tomonlama rivojlantirish, oʻquvchilarning bilimi va maʼnaviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;
  • Oʻrta taʼlim maktablari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani taʼminlash orqali 11 yillik oʻrta taʼlimni joriy etish boʻyicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;
Share to: