“Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” mavzusidagi respublika insholar tanlovi gʻoliblari 12-avgust kuni eʼlon qilinadi

“Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” mavzusidagi respublika insholar tanloviga kelib tushgan insholar saralanib, 12 ta muallifning inshosi sovrin uchun respublika hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan koʻrib chiqish uchun tavsiya etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda “Yosh kuch” jurnali umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” mavzusida respublika insholar tanlovini eʼlon qilingan edi.

Respublikamizda COVID-19 koronavirus infeksiyasining keng tarqab ketishini oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli oʻquvchi-yoshlarning pochta yetkazish xizmati orqali yuborgan insholari vaqtinchalik cheklovlarni inobatga olgan holda joriy yilning 15-iyun kuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan qabul qilindi.

Kelib tushgan insholar vazirligining mutaxassislaridan iborat ishchi guruh aʼzolari tomonidan koʻrib-chiqilib, tanlov Nizomi talabalariga toʻliq javob beradigan deb topilgan 12 ta muallifning inshosi respublika hakamlar hayʼati tomonidan belgilangan mezonlar boʻyicha baholab berish va sovrinlar uchun koʻrib chiqish uchun tavsiya etildi.

12 nafar mualliflarning insholari Respublika taʼlim markazi metodistlari, Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan filologlar, yozuvchi-shoirlar, gazeta va jurnallar muharrirlari, jamoatchilik vakillari, jurnalist va blogerlardan iborat respublika hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib, Yakuniy natijalar 2020-yil 12-avgust kuni Xalqaro yoshlar kuni arafasida rasmiy eʼlon qilinadi hamda gʻoliblarning sovgʻalari uy manzillariga yuboriladi.

Inshosi respublika hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan koʻrib chiqish uchun tavsiya etilgan 12 ta mualliflar roʻyxati:

1. Feruza Sharipova - Namangan viloyati, Chust tumanidagi 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

2. Asfandiyorova Yulduz - Jizzax viloyati, Forish tumanidagi 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

3. Jalimbetova Dilara - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxtakoʻpir tumanidagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

4. Ospanova Shoxsanam - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxtakoʻpir tumanidagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

5. Fayzullayev Kamoliddin - Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 1-sonli Yosh fizik va matematiklar maktab-internatining 9-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

6. Odilova Malika - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

7. Atamuratova Matluba - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxiatosh tumanidagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

8. Ospanova Shoxsanam - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoraoʻzak tumanidagi

9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

9. Eshmoʻminova Mohinur - Surxondaryo viloyati, Termiz tumanidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

10. Qurbonova Muxlisa - Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

11. Matxanova Asiya - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxtakoʻpir tumanidagi

10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida);

12. Tlevmuratova Nilufar - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxtakoʻpir tumanidagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (2019/2020-oʻquv yilida).

Tanlovda ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz.

Xalq taʼlimi vazirligi mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar karantin qoidalariga qattiq rioya qilishni soʻraydi.

Share to: