“Qorakoʻl maktabi” bilan hamkorlikda Sirdaryo – Qorakoʻl maktab internatiga asos solindi

Buxoro viloyatidagi xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan “Qorakoʻl maktabi” bilan hamkorlikda Sirdaryo – Qorakoʻl maktab internatiga asos solindi.

Bugun mazkur taʼlim muassasasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

2009-yilda faoliyatini boshlagan “Qorakoʻl maktabi”da tahsil olayotgan yosh iqtidorlar bugungi kunga qadar turli darajadagi xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarini koʻlga kiritib kelmoqdalar. Ana shunday iqtidorlar tarbiyalanayotgan maktabni Sirdaryoda ham tashkil etish maqsadida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev topshirigʻi bilan bir qator masʼullar 2019-yil Qorakoʻl maktabiga tashrif buyurib, muzokaralar olib borgan edi.

5e52dbf5fbfbf915c5af8.jpg

Viloyat hokimning tashabbusi mana bugun oʻz samarasini berdi. Sirdaryo viloyatida dunyo yoshlari bilan bellasha oladigan yana bir ilm maskani Sirdaryo – Qorakoʻl maktab-internati faoliyat boshladi.

Maktab internatida 3 yoʻnalishda oʻquvchilarga taʼlim beriladi. Joriy yilda maktabga 500 nafar oʻquvchi hujjat topshirgan boʻlsa, ulardan eng salohiyatli, eng bilimli, eng munosib 240 nafari oʻquvchilar safiga qabul qilingan. Muassasada matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari oʻta chuqurlashtirib oʻrgatiladi. Oʻquv jarayoni “Qorakoʻl maktabi” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalar va dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi. 12 nafar buxorolik mutaxassislar oʻquvchilarga dars beradi. Har bir oʻquvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichi monitoring qilinib, individual ishlanadi.

f7c5409f2a0c8eb7003bf.jpg

Taʼkidlash joizki, maktab internetining qurilishi uchun mahalliy byudjetdan 10 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Xususan, zamonaviy loyiha asosida 240 oʻringa moʻljallangan ikki qavatli oʻquv binosi, shuncha oʻringa moʻljallangan yotoqxona, barcha qulayliklarga ega sport zali, oshxona, darsxonalar oʻquvchilarga xizmat qiladi. Barcha zarur jihozlar oʻzimizda mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan.

Share to: