Qoraqalpogʻistondagi maktablar sharoitini oʻrganish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 23-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri A.Ayapovlar rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining majlislar zalida “Pandemiya vaqtida maktablar ochilishi hamda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan maktablarning karantin qoidalari va talablariga qatʼiy amal qilinishi va koronavirus pandemiyasi sharoitida xalq taʼlimi sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash” boʻyicha videoselektor yigʻilish oʻtkazildi.

16-2.jpg

Mazkur yigʻilishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari va tegishli masʼul xodimlar qatnashdi.

Videoselektor yigʻilishda global xavf sifatida butun dunyoni qamrab olgan, xususan, mamlakatimiz hayotida ham barcha sohalarga oʻz taʼsirini oʻtkazayotgan pandemiya sharoitida maktablarda uzluksiz taʼlimni tashkil etish va uzviylikni taʼminlash, dars jarayonlarini oqilona yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Anʼanaviy va onlayn tarzda tashkil etilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi va boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlashga oid masalalar muhokama qilindi.

7-2.jpg

Qayd etish joizki, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, oʻqituvchilardan olingan test natijalari hamda xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasining 17 ta hududida jami 727 ta umumtaʼlim muassasalaridan joriy yilning 
23-sentyabr kuni holatiga koʻra 414 ta umumtaʼlim maktablarga bosqichma-bosqich anʼanaviy tarzda darslar boshlanishiga ruxsat berilgan.

Avvalroq xabar berilgandek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov umumtaʼlim maktablardagi sharoitlarni oʻrganish maqsadida Nukus shahri hamda Xoʻjayli tumanlariga tashrif buyurgan edi.

10-2.jpg

Bugun,Nukus hamda Taxiatosh tumanlarida joylashgan umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurib maktablarda yaratilgan shart sharoitlar hamda oʻquv jarayonlari koʻzdan kechirildi.

Tashrif davomida Nukus hamda Taxiatosh tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, oʻrinbosarlari hamda umumtaʼlim maktab direktorlari va masʼul xodimlarga koronavirus pandemiyasi sharoitida xalq taʼlimi sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha yuzaga kelgan savol va tushunmovchiliklarga joriy yilning 21-sentyabrdagi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma xati asosida aniqliklar kiritilib tushuntirish ishlari olib borildi.

17-2.jpg

Shuningdek, hududlarda joylashgan maktablarning kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilarTaʼmir ishlari davom etayotgan maktablarga tashrif buyurib taʼmirlash ishlarini jadallashtirish va kuzatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Taʼlim muassasalardagi sharoitlarni oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Share to: