Qoraqalpogʻistondagi maktab direktoriga “Prezident sovgʻasi” — «Spark» avtomobili sovgʻa qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari axborot texnologiyalaridan foydalanib, dasturlash boʻyicha yuqori koʻrsatkich qayd etgani uchun maktab direktori Seitkamol Yeshmuratov “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Prezident sovgʻasi «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi.

Maktabning bir guruh pedagoglari erishgan yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va Xalq taʼlimi vazirligining Faxriy yorligʻi hamda zamonaviy noutbuklari bilan taqdirlandi.

photo2021-04-0716-15-52.jpg

Hozirgi kunga qadar Qoʻngʻirot tumanidagi 39-son maktabda tahsil olayotgan 1 074 nafar oʻquvchining 820 nafari “Bir million dasturchi” loyihasi sertifikatga ega.

Taʼkidlash joizki, ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 727 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Hozirda 416 ta maktab zamonaviy kompyuter bilan taʼminlangan, 642 ta (88%) maktablariga optik tola tortilgan.

Share to: