“Yigʻdi-yigʻdi” tasdigʻini topmadi

Joriy yilning 6-yanvar kuni ijtimoiy tarmoq orqali Qoʻshrabot tumanidagi 63-umumtaʼlim maktabida maktabni isitish, obuna uchun pul yigʻilayotgani, direktorning oʻqituvchilarni haqoratlashi haqida maʼlumot eʼlon qilindi.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Qoʻshrabot tuman hokimligi hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari tomonidan 63-umumtaʼlim maktabida oʻqituvchilar hamda oʻquvchilarning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasida maktab rahbariyati tomonidan majburiy pul yigʻimlari amalga oshirilgani oʻz tasdigʻini topmadi.

63-umumtaʼlim maktabining sinfxonalari koʻmir yonilgʻisi yordamida isitishga moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda bu borada muammolar aniqlanmadi. Maktab pedagogik jamoasi oʻrtasida oʻzaro muammolar yoʻq.

Qoʻshrabot tuman hokimligi axborot xizmati,

Tuman xalq taʼlimi boʻlimi

Share to: