Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan Kogon shahridagi 9-maktabning 10-sinf oʻquvchilari havo haroratining past boʻlishiga qaramay dars vaqtida koʻylakda maktab hovlisida turganligi aks ettirilgan video boʻyicha munosabat
Mazkur holat mutaxassislar tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish natijasiga koʻra, joriy yilning 17-yanvar kuni 10-sinf oʻquvchilari jismoniy tarbiya darsiga formasiz kelganligi haqida oʻqituvchi N.Choriyev maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari G.Muqimovaga bildirgi orqali murojaat qilgan.
Direktor oʻrinbosari oʻquvchilardan holat yuzasidan yozma tushuntirish soʻragan. Oʻquvchilar qogʻoz olish maqsadida maktab hovlisida joylashgan doʻkonga chiqqan.
10-sinf oʻquvchisi Firdavs Ravshanovmazkur holatni telefonda videoga olib,tasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Firdavs Ravshanov bilan suhbatlashilganda, ushbu holatni ota-onalar majlisida muhokama qilinishidan qoʻrqib amalga oshirganligini va qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi.
Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishga yetarli eʼtibor qaratmaganligi uchun direktor oʻrinbosari G.Muqimova, sinf rahbari X.Ergasheva, oʻqituvchi N.Choriyevga belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati