Ishtixon tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisining maktab oʻqituvchisi tomonidan kaltaklangani toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maʼlumot yuzasidan munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yilning 28-dekabr kuni Ishtixon tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Suhrob Qarshiboyevning maktab direktori oʻrinbosari Adham Roʻziyev tomonidan kaltaklangani toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqaldi.

Bu haqda shuni maʼlum qilamizki, mazkur holat yuzasidan ayni paytda tuman prokuraturasi hamda ichki ishlar idorasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaga toʻliq aniqlik kiritilgach, batafsil maʼlumot beriladi. 

Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.

Share to: