“Ishonch” gazetasida maktab partalariga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklif chop etildi

 

“Ishonch” gazetasida maktab partalariga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklif chop etildi. 

Taʼkidlash joizki, maktab jihozlariga talablar 2016-yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan 0341-16-sonli sanitar-gigiyenik normativlar (SanPIN) tomonidan tartibga solinadi. 

Shu bilan birga, xalq taʼlimi tizimida 2005-yildan boshlab, maktab partalari 1-4-sinf va 5-11-sinflar uchun alohida beriladi. 

Bundan tashqari, boshlangʻich va yuqori sinflar uchun har bir xonaga ikki xil oʻlchamdagi partalar (masalan, 1-4 ga №3 va №4 hamda 5-11 ga №5 va №6) beriladi. Bunda bolaning yoshi boʻyicha oʻrtacha boʻyi hisobga olingan. 

2019-yilning 26-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktablar”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. 

Mazkur qarorning 2-bandida 2020-yil 1-martga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini zamonaviy mebel va jihozlar, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan jihozlashning yangi meʼyorlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Hozirgi kunda Xalq taʼlimi vazirligi mutaxassislari tegishli tashkilotlar bilan yangi meʼyorlarni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.

 

Share to: