Ilk bor maktab oʻquvchisi nufuzli Xalqaro fizika olimpiadasida gʻolib boʻldi

Joriy yil 17-24-iyul kunlari Litva davlati tomonidan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

Unda dunyoning 73 davlatidan 365 nafar ishtirokchilar qatnashdi. 19-iyul kuni olimpiadaning amaliy qismida ishtirokchilar 2 ta topshiriqni bajardi va 21-iyul kuni esa nazariy bosqichda 3 ta masala berildi.

Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilar ham munosib ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra,

Rail Xashayev — Toshkent shahridagi 71-maktab oʻquvchisi bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Madina Xasanjonova — S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey oʻquvchisi 4-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Mazkur gʻalaba bilan oʻquvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan oʻqituvchilarini hamda ota-onalarini tabriklaymiz!

Xalqaro Olimpiada gʻoliblari qanday ragʻbatlantirilishi haqida

Share to: