Ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli oʻquvchilar qabuli boshlanmoqda

Joriy yilning 1-iyulidan xalq taʼlimi tizimidagi ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari (5-sinf) va maktab-internatlari (7-sinf)ga 2020-2021 oʻquv yili uchun oʻquvchilar qabuli jarayoni boshlanmoqda.

Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5-sinfi uchun hujjatlar shu yilning 1 — 31-iyul kunlari hamda 7-sinf uchun hujjatlar 1 — 20-iyul kunlari qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga iqtidorli oʻquvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari (saralash tanlovi) natijalari asosida qabul qilinadi.

Pandemiya sharoitini inobatga olib, ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida hujjatlarni onlayn qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabuli boʻyicha tanlovlar avgust oyida oliy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlanganidan soʻng oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Yurtimizdagi karantin cheklovlari sababli saralash tanlovlarini oʻtkazish muddati oʻzgartirilishi mumkin.

Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi direktori nomiga ariza;

tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;

tibbiy maʼlumotnoma;

3 x 4 hajmdagi 4 ta fotosurat.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari roʻyxati:

aaaaa14aaa.jpg

 

 

Share to: