Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtixonlari 29-30-iyul kunlari boʻlib oʻtadi

Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarining 5- va 7-sinflariga qabul imtihonlari joriy yilning 29-30-iyul kunlari oʻtkazilishi belgilandi. Bu haqida

Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazining qoʻshma qarori imzolandi.

Saralash tanlovlari ochiq katta pavilyon (hiyobon, maydon)larda karantin qoidalariga rioya etgan holda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.

Har bir fan yoʻnalishida jami 30 tadan test savollari beriladi va 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, test sinovlari boshlanguniga qadar qoʻshimcha 20 daqiqa vaqt tushuntirish uchun ajratiladi.

Saralash tanlovlari natijalariga koʻra oʻquvchilar ballar ketma-ketligi asosida belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi saralash tanlovlarida 106 mingdan ortiq talabgorlar ishtirok etadi va tanlov natijalariga koʻra 34050 nafar iqtidorli oʻquvchilar ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.

Ixtisoslashgan maktablarga qabul tartibi haqida quyidagi xavola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

 

Share to: