Xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilariga mukofotlar topshirildi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 27-avgust kuni Xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilda masofaviy tarzda oʻtkazilgan xalqaro kimyo va biologiya fan olimpiadalarida ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzolari yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qildi.

Xususan, 25-iyul kuni masofaviy tarzda oʻtkazilgan nufuzli 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi. Ushbu olimpiadada 4 nafar iqtidorli oʻquvchilardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

24-avgust kuni masofaviy tarzda oʻtkazilgan, dunyoning 52 davlatidan jami 262 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etgan 31-Xalqaro biologiya olimpiadasida yurtimiz sharafini 4 nafar iqtidorli oʻquvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qoʻlga kiritdi.

photo2020-08-2710-31-09-2.jpg

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin (oltin medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 (111 mln 500 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga — 
450 baravari (100 mln 350 ming soʻm) miqdorida;

2-oʻrin (kumush medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 (66 mln 900 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga — 
250 baravari (55 mln 750 ming soʻm) miqdorida;

3-oʻrin (bronza medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 (44 mln 600 ming soʻm), oʻqituvchisiga — 150 baravari 
(33 mln 450 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofotlari belgilangan.

Shuningdek, xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishlicha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, joriy yilning sentyabr oyida ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Xalqaro matematika va Xalqaro informatika olimpiadalarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

photo2020-08-2710-41-19-2.jpg

Maʼlumot uchun:

  • 2019-yilda oʻquvchilarimiz tomonidan nufuzli Xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari qoʻlga kiritilgan, ularga va ularning oʻqituvchilariga jami 714 million soʻm pul mukofoti topshirilgan.
  • Nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal bilan taqdirlangan oʻquvchilar Oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

 

2020-yil Xalqaro kimyo va Xalqaro biologiya olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlangan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari

Biologiya fanidan

Oʻquvchi

Taʼlim muassasasi

Natija

Pul mukofoti miqdori

Oʻqituvchisi

Pul mukofoti miqdori

Saida Valijonova

Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʻquvchisi

Oltin medal

111 500 000 soʻm

Artikbay Ishankulov

100 350 000 soʻm

Ravshanbek Karimov

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani BDU akademik litsey oʻquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʻm

Dilbar
Gʻoyibova

55 750 000 soʻm

Sardor 
Tojiboyev

Jizzax viloyati Jizzax shahri JDPI akademik litsey oʻquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʻm

Bozormurod Abduvaxitov

55 750 000 soʻm

 

Kimyo fanidan

Oʻquvchi

Taʼlim muassasasi

Natija

Pul mukofoti miqdori

Oʻqituvchisi

Pul mukofoti miqdori

Mirumid Mirakbarov

Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʻquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʻm

Dilshod Xaydarov

55 750 000 soʻm

Dilshodaxon Isayeva

Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʻquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʻm

Baxtiyor Usmonov

55 750 000 soʻm

Firdavs
Sobirov

Buxoro viloyati Buxoro shahri 35-maktab oʻquvchisi

Bronza  medal

44 600 000 soʻm

Amin
Saidov

33 450 000 soʻm

Share to: