Xalq taʼlimi vazirligi “Sport & Dance challenge” onlayn tanlovini eʼlon qiladi

Xalq taʼlimi vazirligi oʻquvchilar oʻrtasida sportni targʻib qilish, sportning ommaviyligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Sport & Dance challenge” shiori ostida respublika onlayn tanlovini oʻtkazadi.

Tanlovda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi kamida 30 nafar oʻquvchisi bilan birgalikda sport va raqs harakatlarini uygʻunlashtirgan holda faollashtiruvchi badantarbiya mashqlari aks etgan 2 daqiqalik video suratga olishi lozim.

Videorolik 2021-yilning 15-17-mart kunlari soat 8:00 dan 22:00 ga qadar Xalq taʼlimi vazirligining Facebook.com ijtimoiy tarmogʻidagi 5tashabbus_maktabda guruhiga joylashtirilishi lozim.

Gʻoliblar quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi:

 toʻgʻri va mos tanlangan musiqa;

musiqa – harakatlar uygʻunligi;

raqs harakatining asosiy ritmi va tempi;

sinxronlik;

faollashtiruvchi va sogʻlomlashtiruvchi xususiyat;

 sport va raqs harakatlaridan mos ravishda foydalanilganlik;

 vaqt reglamenti.

Tanlov gʻoliblari Хalq taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

“Sport & Dance challenge” onlayn tanlovi NIZOMI

aaaaa14aaa147852369.jpg

 

NAMUNA

Share to: