Xalq taʼlimi vaziri Namanganda yangidan bunyod etilayotgan maktablardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Kelajagimiz egalarining ilmu maʼrifatli insonlar boʻlib ulgʻayishi Davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida. Bu boradagi umumtaʼlim maktablaridan mukammal va mustahkam poydevorni qoʻyish maqsadida mamlakatimizda zamonaviy va qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Namangan shahrida yangidan bunyod etilayotgan umumtaʼlim maktablari, ulardagi bunyodkorlik, qurilish-taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Dastlabki manzil investitsiya dasturi asosida 7 mlrd. 626 ming soʻm evaziga “Barkamol avlod” MFY hududida yangidan barpo etilayotgan 315 oʻrinli maktab boʻldi.

a769fbc19ef08a98d7e02-2.jpg

Xalq taʼlimi vaziri taʼlim muassasasini koʻzdan kechirib, ushbu ilm maskani istiqbol egalarini ozod yurt ertasiga munosib kamol toptiruvchi iqtidorlilar dargohi boʻlib xizmat qilishini alohida taʼkidladi. Buning uchun, eng avvalo, bunyodkorlik ishlari zamonaviy talablar asosida mukammal amalga oshirilishini bildirib, qurilish ishlarini sifatli bajarilishi yuzasidan masʼul mutasaddilarga topshiriq va zarur koʻrsatmalar berdi.

Shahardagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabini joriy yil 108 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 36 nafari oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishga ahd qilgan. 12 nafari kasb-hunar texnikumi va kollejlarda oʻqish istagida boʻlsa, 60 nafar yoshlar hunar oʻrganish va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi.

0a05fd4d0064f91dd3ab6-2.jpg

Eʼtiborlisi, 20 nafar bitiruvchi hozirning oʻzida “ART SOFT HOLDING” korxonasiga ishga qabul qilingan. Vazir ushbu ilm dargohida ham boʻlib, maktab mutasaddilari bilan muloqot chogʻida 500 dan ortiq oʻquvchini qamrab olgan tikuvchilik, pazandachilik, chilangarlik, duradgorlik va uy hamshirasi kabi toʻgaraklar faoliyati bilan tanishar ekan, yangi tashabbuslar va zamonaviy, ilgʻor usul va uslublarni tatbiq etish hamda bu borada “Namangan namunasi” ni Respublikada ommalashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

e2294cc6faafcd5c82b75-2.jpg

Navbatdagi manzil zamonaviy arxitektura talablari va shaharsozlik mezonlari asosida “Mustaqillikning besh yilligi” MFY hududida yangidan bunyod etilayotgan umumtaʼlim maktabi boʻldi. Inshoot 2 gektardan ortiq maydonni qamrab olgan boʻlib, qurilish va bunyodkorlik ishlari uchun Investitsiya dasturiga binoan davlat byudjetidan salkam 8,7 mlrd. soʻm yoʻnaltirilgan.

cd9d50e189587f42defec-2.jpg

Sherzod Shermatov mutasaddilar bilan birgalikda 2 qavat, 420 oʻrindan iborat ilm maskanida, shuningdek, 15 ta sinf xonasi, 120 oʻrinli majlislar zali, 100 oʻrinli zamonaviy oshxona, 60x30 oʻlchamdagi ochiq stadion, 12x24 oʻlchamdagi yopiq sport zalining qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. 60 nafar “Standart qurilish taʼminoti” korxonasi quruvchilari tomonidan olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari avgust oyining ikkinchi oʻn kunligida nihoyasiga yetkazish hamda maktabni yangi oʻquv yiliga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Xalq taʼlimi vaziri quruvchilar bilan muloqot chogʻida maktab qurilishida, eng avvalo, sifatga eʼtibor berish boʻyicha maslahat va tavsiyalarini berdi.

d8624086488b795e44324-2.jpg

Jarayonlar bilan tanishish asnosida vazir Prezidentimizning yoshlarga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklari samarasida namanganlik oʻquvchi-yoshlar yangi oʻquv yilini mana shunday yangi va zamonaviy ilm maskanlarida, har jihatdan qulay shart-sharoitlar yaratilgan shinam sinfxonalarda boshlashini aytib oʻtdi. Tashrif davomida “Axsikent” MFY hududida investitsiya dasturi boʻyicha 7 mlrd. 815 mln. soʻm hisobiga barpo etilayotgan 315 oʻrinli maktabning qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishildi va zarur koʻrsatmalar berildi.

2e011a7eec8b1063cba6c-2.jpg

Kunning ikkinchi yarmida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasida taʼlim mutasaddilari bilan muloqot oʻtkazildi.

Unda viloyatdagi umumtaʼlim maktabi bitiruvchilarining oliy taʼlim hamda kasb-hunar kollejlariga qamrab olish, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, maktablardagi pedagoglarning sifat tarkibi, viloyat xalq taʼlimi sohasining uch yillik hisoboti, huquq-tartibot idoralari bilan olib borilayotgan faoliyat, Yaponiya taʼlim-tarbiya tizimining ilgʻor tajribalarini viloyatdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tatbiq etilishi, joriy yilda viloyatda tashkil etiladigan nodavlat umumtaʼlim maktablari, yagona talablar asosida maktablarni va texnologiya xonalarining jihozlanishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar mexanizmi tahlil qilinib, taʼlim sifatini oshirish, bitiruvchilarni ishga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Share to: