Xalq taʼlimi vaziri qoraqalpogʻistonlik yaxshi natija koʻrsatgan maktab jamoalari va pedagoglari bilan hududda taʼlim sifatini koʻtarish masalalarini muhokama qildi

Bugun, 14-sentyabr kuni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Rustem Reimovlar boshchiligida ZOOM platformasi orqali yigʻilish boʻlib oʻtdi.

photo2021-09-1413-48-10-2.jpg

Unda vazirlikning xodimlari, tuman(shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari va maktab direktorlari ishtirok etdi. Maʼlumki, 2019-2020 oʻquv yilining III choragidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida variativ oʻquv rejalar tajriba-sinovdan oʻtkazildi. Variativ oʻquv rejalarini joriy qilishdan maqsad oʻquvchilarning oʻzlari qiziqqan fanlarni chuqur oʻrganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash va yuqori sinflarda oʻquv jarayonini kasblarga yoʻnaltirilgan holda tashkil etishdan iborat.

photo2021-09-1413-48-11.jpg

Taʼkidlash joizki, joriy yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabining variativ sinf bitiruvchilari 100 foiz oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi. Sherzod Shermatov yigʻilishda ushbu yaxshi natija koʻrsatgan maktab direktorlari va ularning oʻqituvchilari bilan suhbatlashdi va ularning ushbu muvaffaqiyatga erishishda nimalarga eʼtibor bergani bilan qiziqdi.

photo2021-09-1413-50-57.jpg

Bundan tashqari uchrashuv davomida bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi past boʻlgan maktablarga oʻz tavsiyalarini berdi.

Share to: