Xalq taʼlimi vaziri Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng olis hududlaridagi maktablarga bordi

Bugun Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov maktablarda yaratilgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga joʻnab ketdi. Oʻrganish ishlarini Qoʻngʻirot tumanidagi 33-maktabdan boshladi. Maktab oʻquvchilariga vazir darsini oʻtib bergach, pedagoglar bilan suhbatlashdi va mavjud muammolar xususida ularning fikrlarini tingladi.

photo2021-12-0117-44-11.jpg

Maktab oʻquvchilari bilan uchrashar ekan, kimyo, biologiya, chet tili, fizika fanlari borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazib, bitiruvchilar bilan kelajak kasblari xususida suhbat qurdi.

img1782.jpg

Vazirning keyingi manzili ushbu tumandagi 490 oʻringa moʻljallangan 40-maktab boʻldi. Koeffitsiyenti yuqori boʻlgan va ayni paytda 1000 nafar oʻquvchi bilim olayotgan maktab oʻquvchilariga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilishini investitsiya dasturiga kiritish hamda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bepul ovqatlanishi uchun sharoit yaratish boʻyicha tuman hokimi bilan kelishib oldi.

photo2021-12-0117-44-19.jpg

Maktablardagi muammolarni oʻrganish Moʻynoq hududida davom etmoqda.

Share to: