Xalq taʼlimi tizimida “Educard” loyihasi joriy qilinmoqda

Maktab oʻqituvchilari, oʻquvchi hamda ularning ota-onalariga qoʻshimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratish maqsadida “Educard” loyihasi joriy qilinmoqda.

Loyihadan asosiy maqsad oʻqituvchilar harid qiladigan tovarlar hamda foydalaniladigan hizmatlarga turli koʻrinishdagi chegirma va imtiyozlarni (Cashback) taqdim etishdan, shuningdek oʻqituvchilarga imtiyozli kreditlarni onlayn tarzda ajratishdan iborat.

photo2021-02-2515-00-42-2.jpg

Shu bilan birga ushbu loyiha doirasida oʻquvchi va ularning ota-onalari uchun bir qator yengilliklar va imkoniyatlar taqdim etilishi koʻzda tutilgan, bunda yoshlarda iqtisodiy madaniyat va moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish, ularga ota-onalar tomonidan berilgan mablagʻlarning xavfsizligini taʼminlash hamda doimiy nazorat olib borish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari pullik toʻlov asosida koʻrsatiladigan turli xil taʼlim resurslaridan va xizmatlaridan foydalanishda ham moliyaviy imtiyozlar taqdim etib boriladi.

Maʼlumot uchun: Mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligiga Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard) hamda “Universal Bank” ATB tomonidan takliflar kelib tushdi va tajriba sinov koʻrinishida, amaldagi plastik kartalar toʻliq saqlangan holda Toshkent shahrining Shayxontohur hamda Uchtepa tumanlarida amalga oshirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

photo2021-02-2515-00-42.jpg

Shu oʻrinda, Xalq taʼlimi vazirligi oʻqituvchilar, oʻquvchi hamda ularning ota-onalariga qoʻshimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqchi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qiladi.

Hamkorlik boʻyicha takliflarni homiy@xtv.uz e-manzilga yuborishingiz mumkin.

Share to: