Xalq taʼlim vazirligi huzuridagi ITS markaziga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga Eldorbek Alisherovich Rasulov bosh direktor etib tayinlandi.

Eldorbek Rasulov turli yillarda “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida guruh boshligʻi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida departament boshligʻi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bugunga qadar Xalq taʼlimi vazirligi Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Maʼlumot oʻrnida:

Eldorbek Rasulov 1988-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Share to: