Yoshlar va talabalar forumida Ilm-fan hududini tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshgan nodavlat taʼlim muassasalari xodimlari tarmoq mukofotlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi

 

Bugun Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Yoshlar va talabalar forumida Ilm-fan hududini tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshgan nodavlat taʼlim muassasalari xodimlarini tarmoq mukofotlari bilan taqdirladi. Botanika bogʻida tashkil etilgan Yoshlar va talabalar forumida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Ilm-fan hududida yoshlarni STEM fanlariga qiziqtiradigan turli xil eksperimentlar va tanlovlar tashkil etildi. Ushbu jarayonda qator nodavlat taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglari oʻz hissalarini qoʻshdilar.

photo2021-07-0917-19-11.jpg

Bugungi kunda nodavlat taʼlim tashkilotlari xalq taʼlimi tizimidagi nodavlat taʼlim sektorini rivojlantirishda, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda faollik koʻrsatib kelmoqda.

Nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan 24 mingdan ortiq oʻquvchilar fan olimpiadalari va sport musobaqalarida qatnashib, yuqori natijalarga erishmoqdalar, bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirishida yuqori koʻrsatkichlar qayd etilmoqda. Bu oʻz oʻrnida, nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim berib kelayotgan oʻqituvchi va murabbiylarning xizmatlari katta ekanligidan dalolat beradi.

photo2021-07-0917-19-11-3.jpg

Ayni damda respublikada 200 ga yaqin nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib, ularda 5 mingga yaqin rahbar va pedagog xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

photo2021-07-0917-19-11-2.jpg

“Xalq taʼlimi aʼlochisi” mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati bilan tanishing:

Svetlana Rodina (“Sehriyo” maktabi)

Elba Shakasimova (“Sehriyo” maktabi)

Dildor Xudayberganova (“Sehriyo” maktabi)

Dilfuza Xalxodjayeva (“Sehriyo” maktabi)

Shaxnoza Baymuxamedova (“Lider bolalar maktabi”)

Gavxar Ortikova (“Lider bolalar maktabi”)

 

Gulnora Umarova (“Erudite Education”)

Yelena Dilyaridi (“Erudite Education”)

Aziza Bekbulayeva (“Erudite Education”)

Share to: