Vakant

O‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i
- 09:00 - 18:00
- +998 71241 05 42
- +998 71241 05 42
O‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlashni rivojlantirish boshqarmasining asosiy vazifalari:
- Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlashni rivojlantirish va umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darsliklarini uzluksiz takomillashtirib borishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- Ta’lim sifati samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha turli seminar va konferensiyalar tashkil etish;
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun o‘quv dasturlar, darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yangi avlodining yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- Ta’lim muassasalari ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan darsliklarning multimediali ilovalarini yaratish jarayonini tashkil etish;
- Hududiy boshqaruv idoralari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar asosida har o‘quv yilida chop etiladigan darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarning nashr rejasini tuzish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritish;
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ijara tizimiga kiritilgan darsliklar bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirib borish va nazoratga olish;
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarining ijrosi monitoringini amalga oshirish.