“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasini qoʻlga kiritgan 15 nafar oʻqituvchi Sankt- Peterburg shahriga malaka oshirishga joʻnab ketdi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan birinchi stipendiya tanlovi natijalariga koʻra “Jamgʻarma stipendiati” deb eʼtirof etilgan 15 nafar oʻqituvchi 12-sentyabr kuni Rossiyaning Sankt- Peterburg shahridagi Gersen nomidagi pedagogika universitetiga malaka oshirishga joʻnab ketdi.

 

Xalq taʼlimi vazirligi barcha ustozlarimizga ushbu kurslarni muvaffaqiyatli oʻtab, yurtimizga yanada yuksak malaka bilan qaytishlarini tilab qoladi.

Share to: