DIQQAT TANLOV: 2 nafar eng yaxshi O‘zbek tili o‘qituvchisiga 30 million so‘mdan, 2-o‘ringa – 20 million so‘mdan, 3-o’ringa – 10 million so‘mdan beriladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘zbek tili fani o‘qituvchilari orasidan mahoratli, tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda o‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga qaratilgan amaliy ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar joriy yilning 20-iyulidan 20-avgustiga qadar quyidagi  havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar: https://bit.ly/3y0BdAG

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: joriy yilning 13-sentabridan 18-sentabriga qadar tuman (shahar) miqyosida;

2-bosqich: joriy yilning 27-sentabridan 30-sentabriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida;

3-Respublika bosqichi: joriy yilning 18-20-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlov ikki yo‘nalishda: ta’lim o‘zbek tilida bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda rus va qardosh tillarda bo‘lgan ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar o‘rtasida alohida aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida:

1-o‘rin sohibi  “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 30 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni; 

2-o‘rin sohibi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, 20 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni; 

3-o‘rin sohibi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, 10 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadilar.

Aziz o‘qituvchilar, Siz ham o‘z ishtirokingiz bilan iqtidoringizni namoyon qiling!

“YILNING ENG YAXSHI OʻZBEK TILI OʻQITUVCHISI” TANLOVI NIZOMI

 

Share to: