Hurmatli foydalanuvchi!
Sizga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib o‘tmoqchimiz.
Shu sababli, Sizdan quyidagilarga e’tibor qilishingizni so‘raymiz:
1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yo‘llanganda familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim. Yuridik shaxs sifatida murojaat yo‘llanganda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi lozim.
2. Tuhmat, haqorat so‘zlar ishlatilgan va yolg‘on xabar beruvchi murojaatlarni yuborish mumkin emas.
3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz:
• odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va shunga o‘xshash murojaatlar);
• murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojaatlar
4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.
Mazkur talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan*.