Chet tili boʻyicha kamida S1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega oʻqituvchilarga sentyabrdan toʻlovlar amalga oshiriladi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan chet tilini bilish boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega oʻqituvchilarga qoʻshimcha ragʻbatlantirish amalga oshiriladi.

Bunda:

✅chet tilini bilish boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi;

✅ushbu sertifikatga ega oʻqituvchilar uchun har oylik belgilanadigan ustamalarni 2021/2022 oʻquv yili boʻyicha tarifikatsiya roʻyxatlarida ajratilgan dars soatlaridan kelib chiqib nazarda tutiladi.

Shunday sertifikatga ega oʻqituvchilarga joriy yilning sentyabr oyini ham inobatga olgan holda tegishli toʻlovlar amalga oshirilishi boʻyicha topshiriqlar berildi.

Share to: