“Boshlangʻich taʼlim strategiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Andijon viloyati XTXQTMO hududiy markazida “Boshlangʻich taʼlim strategiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi onlayn Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi.

Konferensiyani oʻtkazish joyi: Andijon viloyati xalq taʼlimi xodimlari qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi majlislar zali.

Konferensiya quyidagi shoʻbalarda olib boriladi:

1-shoʻba. Boshlangʻich taʼlim sifat va samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari;

2-shoʻba. Boshlanggʻich taʼlim jarayonida innovatsiya va integratsiya;

3-shoʻba. Pandemiya davrida boshlangʻich taʼlim-tarbiya ishlarini tashkil etishning noanʼanaviy metodlari;

Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, Istiqlol koʻchasi, 8-uy.


Telefonlar: Abduraximova Muqaddamxon +99897-997-11-62, Karimova Nargiza +99893-706-03-25, Azizova Qizlarxon +99890-258-05-45

e-mail: nvalixanova@mail.ru yoki +99893-782-14-28 telefon raqamli telegramga tashlangan maqola mualliflari guruhi tashkil etilib, tegishli xabarlar doimiy almashinish imkoniyati boʻladi.

Share to: